2006 yildan buyon yurtimizda 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag`ishlab «Oltin qalam» XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov o`tkazilib kelinmoqda. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tanlovdan ko`zlangan asosiy maqsad milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ma`lumotlarni aniq manbalarga asoslangan faktlar asosida ob`ektiv etkazish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozisiyalarini namoyon etishlari uchun keng sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish hamda rag`batlantirishga qaratilgan. Bu haqda «O`zatom» agentligi telegram kanalida xabar qilingan.
Bu yil o`n to`rtinchi bor tashkil etilayotgan ushbu tanlovga 2018 yilning 31 martidan 2019 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televidenieda ko`rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2019 yilning 15 apreligacha qabul qilinishi e`lon qilindi.
«Oltin qalam» XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasida milliy hamkorlar ta`sis etgan nominasiyalar qatoriga bu yil «O`zbekistonda atom energetikasi mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun» nominasiyasi ham qo`shildi. Mazkur nominasiya bo`yicha g`oliblarga O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi – «O`zatom» va «Rosatom» davlat korporasiyasining maxsus mukofotlari topshiriladi.
Tanlov haqida batafsil ma`lumotni quyidagi manzildan olish mumkin.
100011, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 3-qavat.
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87






