«Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.Unga tayyorgarlik ko`rish ishlari qizg`in davom etmoqda. Tadbir Ishtirokchilar, jumladan xorijiy davlatlar qatnashchilariniro`yxatdan o`tkazish hamdamilliy va xorijiyommaviy axborot vositalarivakillarini akkreditasiya qilish ishlari faol amalga oshirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Forum O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiva qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda. AQShning xalqaro rivojlanish bo`yicha agentligi (USAID), BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning giyohvand moddalar vajinoyatchilik boshqarmasi (UNODC), “Mintaqaviy muloqot” xalqarotashkiloti, «Gazprombank» AJ va boshqa tashkilotlartadbirning homiylaridir.
Ma`lum bo`lishicha, dunyoningturli davlatlaridan 50 nafardan ortiq mutaxassislar spiker sifatida ishtirok etadi. Forum dasturiga so`nggi o`zgartishlar kiritilmoqda. Masalan, “Sifatli davlatboshqaruvi” yo`nalishi doirasida davlat boshqaruvi va ma`muriy islohotlar, me`yoriy sifat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xizmatining o`zgarishi, hukumatning oshkoraligini ta`minlashningdolzarb jihatlari muhokama qilinadi. Alohida sessiyaxalqaro reytinglar (indeks)lar masalalariga bag`ishlangan.Jahon banki tahlilchilariningO`zbekiston va eng yaxshi ko`rsatgichlarga ega mamlakatlar misolidashartnomalar ijrosi sohasidagi islohotlar tendensiyalarito`g`risida chiqish qilishi rejalashtirilgan.
“Qonun ustuvorligini ta`minlash vasud-huquq tizimini isloh qilish” yo`nalishi doirasidagi mavzuga doiryig`ilishlarda ishnixalqaro arbitrajga tayyorlashning amaliy jihatlari, xalqaroyuridik amaliyot uchunmediasiyani qo`llash, ilg`oramaliyotni kengaytirish choralari hamda «Pro bono» instituti va davlat tomonidan subsidiyalanadigan yuridik yordamning o`ziga xos xususiyatlari ko`rib chiqiladi. Shuningdek, yuridik ta`limnirivojlantirishga e`tibor qaratiladi. Xususan,raqamlashtirish davrida AQSh, Xitoy va boshqa mamlakatlar misolida zamonaviy yuristlarnitayyorlashni tahlil qilgan holda, O`zbekistonda xususiyyuridikoliy ta`lim muassasalarini tashkil etishga doirmuhokamalar o`tkazish rejalashtirilgan.
2019 yil mamlakatimizda“Faol inestisiyalar vaijtimoiy rivojlanish yili” deb e`lon qilingan. Shu bois, faol investisiyaviy siyosatni shakllantirish masalalari «Tashkent Law Spring» ishtirokchilarining e`tibor markazida bo`ladi. Xususan, O`zbekistonda fuqarolik qonunchiliginitakomillashtirish, davlat-xususiy sherikchiligi sohasidagi ilg`or tajriba vamamlakatimiz sharoitida uning qo`llanilishi, xalqaro investisiyalarni rag`batlantirish uchuno`zbek biznesini shakllantirish vaqo`shma korxonalar tuzish masalalari ko`rib chiqiladi. Iqtisodiyotni tezkor modernizasiyalash varaqamlashtirishni hisobga olganda, blokcheyn texnologiyalari yordamida katta ma`lumotlarni tartibga solish, raqamli shartnomalar va valyuta joriy etilganda huquqiy amaliyot kabi masalalarga alohida e`tibor qaratiladi.
Amerika-O`zbekistonsavdo palatasi raisi, «White & Case» xalqaro yuridik firmasi hamkori Kerolin Lemmning“Yuridik kompaniyani boshqarish:muvaffaqiyat sirlari”, «Norton Rose Fulbright» xalqaro yuridik firmasi hamkoriSaymon Koksning“Investisiyaviy loyihalarni boshqarish” mavzulari bo`yicha mahorat darslari dasturga kiritilgan. Bundan tashqari, ishtirokchilarni taqdimotlar, mavzuga doir sessiyalar, sohaning professional xodimlarinitaqdirlash marosimlari kutmoqda.
Jonli muloqot va eng qulay sharoitlardahuquq sohasidagieng murakkab vaqiziqarli muammolarnimuhokama qilish uchun sizda katta professional bayramning ishtirokchisi bo`lishimkoniyati hali bor.