AsosiyJamiyat

Tamaki mahsulotlari manziliga etib bormadi

'Tamaki mahsulotlari manziliga etib bormadi'ning rasmi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatlarining oldini olish bo`yicha qator targ`ibot va tushuntirish ishlarini olib borilishiga qaramasdan, mo`may daromad olish ilinjida ularning noqonuniy savdosi bilan shug`ullanib keluvchi fuqarolarning oramizda uchrab turish holatlari hamon kuzatilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatini oldini olish bo`yicha tezkor tadbir o`tkazildi. Oldindan olingan ma`lumot asosida, Fuqaro Sobirov Sattor (huquqbuzarning ismi sharifi o`zgartirilgan) boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada,avtomashina yukxonasida 310 quti turli nomdagi aksiz va tegishli hujjatlariga ega bo`lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha fuqaro Sobirov Sattor mo`may daromad olish ilinjida ushbu tamaki mahsulotlarini savdo do`konlariga pullash uchun olib ketayotgan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar