Irimchi yo`lovchi samolyot dvigateliga uchta tanga tashlab, parvozni bekor qildi, deb xabar berdi News.day.az nashri.
Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan okrugidagi Xalqaro aeroportda bir erkak xotini bilan trapdan qo`lida to`rt oylik qizi bilan samolyotga ko`tarilayotib birdan to`xtaydi va cho`ntagidan bir nechta tanga olib, dvigatel tomon irg`itadi.
Shundan so`ng vahima ko`tarilib, soqchilar trap yonidan uchta tanga topishadi. Tangalarni irg`itgan Ksia ismli erkakning aytishicha, uni bu ishga qaynonasi undagan ekan, negaki bu to`rt oylik nevarasining ilk parvozi bo`lib, tanga tashlashdan maqsad parvoz muvaffaqiyatli kechishi bo`lgan.
Ksia Uxanda 10 kun ushlab turildi, xotini va qizalog`i esa eson-omon Urumchiga etib olishdi.






