AsosiyJamiyat

​Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi

'​Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yishdi.

Jumladan, Viloyatning Yangiqo`rg`on tumanida o`tkazilgan tadbirda, “Nanay-Namangan” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan fuqaro S.I boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro I.O.ga tegishli bo`lgan, bojxona nazoratidan o`tganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 14,3 million so`mlik 950 dona energetik ichimliklar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Zil-130” yuk avtomashinasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashinadan qiymati 45 million so`mlik bo`lgan, og`irligi 2700 kilogrammni tashkil qiluvchi banan sitrus mevalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir doirasida fuqaro B.Bning ham nayrangi fosh etildi. Ya`ni uning boshqaruvidagi “Zil-131” yuk avtomashinasi to`xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida 26,5 million so`mlik 13 dona muzlatkichlar borligi aniqlandi.

Tadbir davomida aniqlangan holatlar yuzasidan umumiy qiymati 86 million so`mlik tovar moddiy boyliklar vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar