Savob ish olamshumul bo`lishi shart emas, gohida shunchaki insonni eshitish va soch-soqolini olib qo`yish kifoya, deb yozmoqda Layf nashri.
Qo`lida qaychi ushlagan bu yigit – angliyalik 31 yoshli sartarosh Joshua Kumbs. Ammo uning saloni – ko`cha.
Mana, bir necha yildirki, Joshua ko`chada qolganlarning soch-soqolini bepulga olib qo`yadi.
Undan tashqari, sartarosh ularning dilidagi gaplarini eshitadi.
Joshua ularning qayg`u va quvonchlarini tinglaydi hamda ularning ruxsati bilan bu kechmishlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi.
Joshua uchun eng katta mukofot – bu ko`chadagi mijozlarining yuzidagi tabassum.