AsosiyJamiyat

Aka-ukalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Aka-ukalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Jizzax shahri, Ittifoq mahallasi yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan Dilorom Kubaeva (familiya-ismi o`zgartirilgan) hamda 1993 yilda tug`ilgan Nilufar Zokirovalar hududdagi “Danaya” do`konidan chiqqanlarida ularni shu mahallada istiqomat qiluvchi Alisher Narzullaev haqoratlab, so`kdi. Dilorom Kubaeva unga e`tiroz bildirganida janjalga Alisherning akasi Javohir Narzullaev aralashib, Dilorom Kubaevaning yuziga uradi.

Bu holatga guvoh bo`lgan Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi batalonining ikki nafar xodimlari huquqbuzarlarni tartibga chaqirib, ularning harakatlariga chek qo`yish choralarini ko`ra boshlaydilar. Ya`ni, huquqbuzarlarni ichki ishlar bo`limiga olib borish choralarini ko`rishayotganida aka-ukalar faol qarshilik ko`rsatib, ichki ishlar xodimlariga tan jarahoti etkazishadi.

Janjalkashlar xizmat mashinasining oynasini sindirib, eshigini zararlaydilar. Tibbiy ko`rik Alisher Narzullaev va Javohir Narzullaevlarning alkogol ta`sirida ekanligini ko`rsatdi. Surishtiruv davomida Alisher Narzullaevning muqaddam Jinoyat Kodeksining 219- moddasi bilan sudlanganligi ayon bo`ldi. Javohir Narzullaev esa Jinoyat Kodeksining 105, 219, 277-moddalari asosida jazoga tortilgan.

Qisqasi, aka-uka mushtumzo`rlarga jinoiy ish qo`zg`atildi.

Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi

    Boshqa yangiliklar