AsosiyJamiyat

Yoshlarga e`tibor - kelajakka e`tibor

'Yoshlarga e`tibor - kelajakka e`tibor'ning rasmi

Hozirgi kunda mamlakatimizda yangi avlodni o`z hayotiy o`rniga ega, bilimli va yuksak salohiyatli qilib tarbiyalashga juda katta e`tibor qaratilyapti. Zero, xalqimiz ertasi qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim-tarbiya olishlariga bog`liq. Har tomonlama mukammal inson bo`lish uchun faqatgina bilimning o`zigina kifoya qilmas ekan. Balki bilim bilan birgalikda, insonparvarlik, vatanparvarlik xislatlari ham shakllanib borishi lozim. Bu kabi his tuyg`ularni shakllantirishda esa bilim maskanlaridan tashqarida, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi yoshlar ittifoqining boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan Farg`ona shahar 25 maktab qoshidagi harbiy sport guruhlari tarbiyalanuvchilariga Farg`ona aeroportida ekskursiyasi tashkil etildi.

Tadbirda, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog`lom, aqlan etuk va manan barkamol bo`lib tarbiyalanishlari, ularni o`zi xohlagan yo`nalishlarda ta`lim, bilim-ko`nikmalarni puxta egallashida yordam ko`rsatishi, vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish va davlat organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirishda bu kabi tadbirlar ahamiyatli ekanligi ta`kidlandi.

Shuningdek, Farg`ona shahar 25 maktab qoshidagi xarbiy sport tarbiyalanuvchilarining deyarli barchasi kelgusi hayotini harbiy xizmat bilan bog`lashga qaror qilgani va bu kabi ekskursiyalar ularning vatanparvarligi, o`z kelajagini el-yurt tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta`minlashga mas`ul ekanini dil-dilidan his etib kamol topishiga yanayam ko`maklashadi.

Yoshlar dastlab “Farg`ona” xalqaro aeroportining xavfsizlik tizimlari bilan shuningdek, uchib ketish zali bilan yaqindan tanishishdi. Ularga bu erda xizmatning olib borilishi, yo`lovchilar uchun ro`yxatdan o`tishdan boshlab parvozga qadar bo`ladigan barcha jarayonlarda yaratilgan shart-sharoitlar, bojxona nazoratidan o`tish tartiblari haqida batafsil ma`lumotlar berildi. Bojxona tartib-taomillariga rioya qilmay, yo`lovchilar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganda, o`z vaqtida aniqlash, va aniqlash choralari, bojxona nazoratining shakllari, xodimlar tomonidan amalga oshiradigan xatti-harakatlar haqida batafsil tushuntirib berildi.

Mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlarida bo`lgani kabi bu erda ham joriy qilingan “yashil” va “qizil” yo`laklar tizimi haqida o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

    Boshqa yangiliklar