Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi Sergeli tuman Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tumandagi 8- hamda 104 umumta`lim maktablarida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma`rifat” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Milliy kinologiya markazi va tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, shuningdek, O`zbekiston yoshlar ittifoqining Sergeli tuman kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so`zga chiqqanlar jinoyatchilika qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanganini, inson tinch va xotirjam yurtda ilm olsagina kamol topishi mumkinligi alohida ta`kidlandi.
O`tkazilgan davra suhbati davomida bugungi kunda yoshlar orasida adashib jinoyatchilik ko`chasiga kirib qolgan o`smirlarning taqdiri aks ettirilgan “Balog`at bekati” nomli videofilmi qo`yilib, mavzu doirasida bolalar bilan tahlil qilindi.
Yoshlardagi vatanparvarlik tuyg`ularini yanada oshirish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish hamda sport musobaqalarida ishtirokini qo`llab-quvvatlash maqsadida, Qo`qon shahrida sportning “Jiu-jitsu Fighting” turi bo`yicha respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli o`rinlarni qo`lgan kiritgan o`quvchilar S.Nasriddinov hamdaA.Jaxongirovlarga diplom va medallar topshirildi.
Tadbir yakunida maktab kutubxonalari uchun bolajonlar yoqtirgan qiziqarli ertak va hikoyalardan tashkil topgan kitoblar to`plamlari milliy kinologiya markazi xodimlari tomonidan sovg`a tariqasida ulashildi.
Bugungi kunda Milliy kinologiya markazi xodimlari tomonidan aholi o`rtasida va ilm maskanlarida turli huqubuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar, korrupsiya va boshqa nojo`ya xatti-harakatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda.






