Rossiya qahramonlari assosiasiyasi delegasiyasining Jizzax viloyati Mirzacho`l tumaniga tashrifi davom etmoqda.
Delegasiya a`zolari Gagarin shahridagi 1-umumta`lim maktabida bo`ldi.
Tumanda ilk tashkil etilgan ushbu maktab uzoq tarixga ega bilim maskani hisoblanadi. Ta`lim rus, qozoq tillarida olib boriladigan maktabning sobiq o`quvchilari orasidan taniqli davlat, fan, madaniyat arboblari etishib chiqqan.

Jumladan, ushbu delegasiya rahbari, Rossiya davlat dumasi mudofaa bo`yicha qo`mitasi raisi, Rossiya qahramoni, general Vladimir Shamanov ham shu maktabda o`qigan.
Maktab binosi o`tgan yili to`liq ta`mirlanib, zamonaviy ta`lim maskaniga aylantirilgan. Maktab o`quvchilari va o`qituvchilari bilan uchrashuvda so`zga chiqqan kosmonavt ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni Vladimir Jonibekov va delegasiyaning boshqa a`zolari O`zbekistonda yoshlarning ta`lim-tarbiyasiga katta e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi.
Maktabga delegasiyaning esdalik sovg`asi topshirildi.
Delegasiyaga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T. Xudoyberganov, Jizzax viloyati hokimi E.Soliev, Mirzacho`l tumani hokimi K. Xolmurodov hamroxlik qilmoqda.








