O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 dekabrdagi 1029-son qarori talablariga asosan, Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazida O`zbekiston kinologiya federasiyasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisobidagi turli zotdagi xizmat itlari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi idoralararo “Xizmat itlari-
Mazkur ko`rgazmada, nemis ovcharkasi, Sharqiy Evropa ovcharkasi, “malinua” va “labrador” zotiga mansub xizmat itlari ekstereri va zotdorlik darajasi bo`yicha halqaro ekspertlar tomonidan xolisona baholandi.
Xususan, nemis ovcharkasi zotli xizmat itlari o`rtasida DXX “Burgut” brigadasiga tegishi “Shumaxer” laqabli xizmat iti 1-o`rinni, IIVga tegishli “Vayda” laqabli xizmat iti 2-o`rinni;
Sharqiy Evropa ovcharkasi zotli xizmat itlari o`rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Tina” laqabli xizmat iti 1-o`rinni (A.Isabaev), “Gera” laqabli xizmat iti 2-o`rinni (I.Sayfitdinov);
malinua zotli xizmat itlari o`rtasida DXX chegara qo`shinlariga tegishi “Etush” laqabli xizmat iti 1-o`rinni va “Gaya” laqabli xizmat iti2-o`rinni;
labrador zotli xizmat itlari o`rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Jessi” laqabli xizmat iti 1-o`rinni (Sh.G`iyosov), IIVga tegishli “Rem” laqabli xizmat iti 2-o`rinni egallashdi.
Shu bilan birga, turli zotdagi xizmat itlari o`rtasida “eng yaxshi it” nominasiyasi bo`yicha o`tkazilgan tanlovda, DXX “Burgut” brigadasiga tegishi “Shumaxer” laqabli xizmat iti 1-o`rin, DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Tina” laqabli xizmat iti 2-o`rin (A.Isabaev) va DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishli “Jessi” laqabli xizmat iti (Sh.G`iyosov) fahirli 3-o`rin bilan taqdirlandi.






