AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida avtobus va havo yo`nalishlari soni oshdi

'O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida avtobus va havo yo`nalishlari soni oshdi'ning rasmi

Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida 17 yillik tanaffusdan so`ng ilk avtobus qatnovlari 2018 yilning yanvar oyida yo`lga qo`yilgan edi.

Bugungi kunda Toshkentdan Chimkent, Olmaota, Qizilo`rda va Turkistonga, Nukus va Chirchiqdan esa Olmaota viloyatiga avtobuslar qatnamoqda.

11 mart kuni O`zbekiston poytaxti Toshkent va Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahri o`rtasida avtobus qatnay boshladi. Ikki o`rtadagi umumiy masofa 1646 kilometrni tashkil etadi, yo`l 28 soatda bosib o`tiladi.

Ikki poytaxt orasida yangi avtobus yo`nalishi uchun xizmat ko`rsatayotgan transport korxonalari qatnovlar sonini bir kunda to`rt martagacha oshirishlari mumkin. Ayni damda har bir shahardan kuniga bitta avtobus qatnamoqda.

Qozog`istonning “Eyr Astana” aviakompaniyasi 1 apreldan Nur-Sulton va Olmaotadan Toshkentga reyslar sonini oshirdi. Olmaotadan Toshkentgacha bo`lgan masofa 1 soatu 35 daqiqada uchib o`tiladi, Nur-Sulton–Toshkent reysining vaqti esa 2 soatga teng.

    Boshqa yangiliklar