AsosiyJamiyat

Turkiyada O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yil davlat arbobi”, deb topildi

'Turkiyada O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yil davlat arbobi”, deb topildi'ning rasmi

Turkiyaning Ipakyolu strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo`shgan hissasi uchun bir qancha siyosatdon, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

“Yilning davlat arbobi” nominasiyasi bo`yicha mukofotga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev munosib ko`rildi. Mukofotni Prezidentimiz nomidan yurtimizning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi.

Shuningdek, turli nominasiyalar bo`yicha Qirg`iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog`iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari ham diplomatik korpus vakillari mukofotlarni qabul qilib oldi.

Bu haqda Turkiyaning ”Sondakika” nashri xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar