Maktab o`quvchisi ikki yuzdan ortiq ko`rshapalaklarni boqib oldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Voljskiy shahrida 11-sinf o`quvchisi Konstantin Kozyubra 203 ta ko`rshapalaklarni boqib oldi.
Jonivorlar karaxtligida Volgograddagi chiqindixonaga tashlab yuborilgan edi.
“Ularni tashlab yuborishgani juda yomon. Men ularni dala-hovlimizdagi eski sovutkichlarimizga joylashtirdim”, deydi maktab o`quvchisi.
Kozyubra ularga emish va suv berib boqmoqda. Yaqin kunlarda Kostya ko`rshapalaklarni ozodlikka qo`yib yubormoqchi.