Dunyo bo`yicha 2019 yilning eng yaxshi fotosurati aniqlandi, deb xabar bermoqda, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.
Meksika va AQSh chegarasida yig`layotgan qizaloqning surati World Press Photo talqiniga ko`ra, yilning eng yaxshi fotosurati deb tan olindi.
Jon Mur tushirgan suratda gonduraslik qizaloqning onasini AQSh chegara xizmati xodimi tekshirayotganda yig`layotgani aks etgan. Qizaloqning onasi Sandra Sanchesning aytishicha, ular qizi bilan Markaziy Amerikani aylanib chiqmoqchi bo`lishgan. Ammo AQSh va Meksika chegarasida ularni AQSh chegara xodimi to`xtatib, hibsga olmoqchi bo`lgan.