AsosiyDunyo

Kabob talabalarga millionlab evroga tushdi

'Kabob talabalarga millionlab evroga tushdi 'ning rasmi

Italiyada ko`pchilikning sevimli taomi – kabob talabalarga million evroga tushdi, deya xabar bermoqda BBC News nashri.

Italiyaning Komo provinsiyasidagi o`rmon yong`inlariga ikki 22 yoshdagi talabalar sababchi bo`ldi.

Yong`in Monte-Berlinger hududidagi o`rmonlarda ro`y berib, bir necha kun davom etgan va 1000 gektar maydonni xarob qilgan.

Huquq-tartibot organi xodimlarining aniqlashicha, o`rmon yong`inlariga ikki talaba sababchi bo`lgan. Ular o`rmon ichidagi kulbada dam olishib, kabob pishirishgan. Olovdan noto`g`ri foydalanish natijasida, ya`ni o`chirilmagan ko`mir tufayli yong`in kelib chiqqan.

Endilikda ikki talaba etkazilgan zararni qoplash uchun 13,5 million evro to`lashlariga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar