Britaniyalik stendap-komik Yan Kognito insult borasida hazil qilganidan so`ng o`sha zahoti vafot etdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Yan Oksfordshirdagi barlardan birida mijozlarni kuldirish uchun sahnaga ko`tarilgan edi. U sahnada insultdan so`ng ko`zini ochganida valliya tilida so`zlay olishini aytib, hazil qilgan. Oradan 10 daqiqa o`tib komikning mazasi qochgan va stulga o`tirgan.
Uning bu holatini hazilga yo`ygan tomoshabinlar unga yordam berishga shoshishmagan. Tez tibbiy yordam etib kelganida esa Yan Kognito allaqachon bandalikni bajo keltirib bo`lgandi.






