“Taxt o`yinlari” yulduzi va dunyodagi eng kuchli odam Xaftor Byornsson mashhur serialga feysbuk orqali chaqirilganini aytib o`tdi, deb xabar qildi CNBC nashri.
O`sha paytda 24 yoshda bo`lgan Byornsson “Taxt o`yinlari”ning chinakam muxlisi edi va hech qanday aktyorlik tajribasiga ega emasdi.
Kunlardan bir kuni uning feysbukdagi sahifasiga teleserial ijodkorlaridan kastingdan o`tish uchun taklif keladi. Avvalboshda Xaftor buni shunchaki hazil deb o`ylaydi va unchalik e`tibor qilmaydi.
Lekin kastingdan muvaffaqiyatli o`tgan Byornsson serialning to`rtinchi mavsumiga kelib Qoya roliga ega bo`ladi.






