Tel-Aviv universiteti olimlari dunyoda ilk bor 3D-formatda chinakam yurak chop etishdi, deb xabar qildi REN-TV nashri.
Sinov tariqasida o`nlab mana shunday yuraklar chop etildi. Ularning nechog`li samaradorligi hayvonlarga o`tkazib ko`rilib tekshiriladi.
Bunday formatdagi yurakni chop etishga 3,5 soat vaqt sarflanadi. Endilikda bemorlar donor kutmay, ikkinchi yurakka ega bo`lishlari bildirilmoqda.






