Nipissin universiteti olimlari o`rta yosh inqirozi chindan ham mavjudligini isbotlashdi, deya ma`lum qildi Dni24.com nashri.
Ularning aytishicha, ushbu muammoga jiddiy qarash kerak.
Ko`pchilik “o`rta yosh inqirozi”ni shunchaki afsona deb bilishsa-da, ko`plab omillar buning aksini isbotlamoqda. Inson organizmida 40 yoshdan ongostida jiddiy salbiy o`zgarishlar boshlanadi. Bu esa vaqtning tez o`tayotgani va niyatlarning amalga oshmay qolganini anglash bilan bog`liq.
Bu muammolar esa kishining tushkunlikka tushishiga asosiy omil bo`ladi. Shu bois olimlar eng muhim masalalarni old planga chiqarib, yashashda davom etish kerakligini aytishmoqda.