Qozog`istonda sodir bo`lgan YTHda 11 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Bugun 20 aprel kuni tongi soat 5 da Qozog`istonning Jambil viloyati, Ko`rday tumanidan o`tuvchi “Olmata–Toshkent” trassasining 181 kilometrida “Toyota kamri” avtomobili yo`l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan. Orqada kelayotgan avtobus haydovchisi esa zarbdan qochish maqsadida rulni chetga burganda avtobus ag`darilib ketgan. Oqibatda voqea joyida 8 kishi, keyinchalik olingan tan jarohati oqibatida yana 3 kishi halok bo`lgan, 32 kishi tan jarohati olgan.
Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev o`zining Twitter sahifasida bu haqda yozdi: “Ko`rday trassasida yirik YTH sodir bo`ldi. Halok bo`lgan 11 kishining hammasi O`zbekiston fuqarolaridir. Ularning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. O`zbekiston respublikasi Prezidentiga telegramma yubordim. Hukumatga zudlik bilan zaruriy choralarni ko`rishni buyurdim”.