AsosiyDunyo

Xoakin Feniksdan yana bir kutilmagan personaj – “Joker” (Video)

'Xoakin Feniksdan yana bir kutilmagan personaj – “Joker” (Video) 'ning rasmi

Shu kunlarda Internet tarmog`ida Xoakin Feniks ishtirokidagi “Joker” kinofilmining treyleri namoyish etildi, deya ma`lum qilmoqda YouTube.com nashri.

Kinolenta voqealari 1980-yillarda ro`y berib, Betmenning asosiy raqibi qanday qilib takomillashgani haqida so`z boradi.

Avvalboshda masharaboz bo`lib faoliyat yuritgan Artur Flek Gotemga onasini davolash uchun keladi. Ammo yovuz odamlar uning niyatidan qaytishiga majbur qilishadi va Artur Joker sifatida birma-bir qasos olishga kirishadi.

“Joker” joriy yilning kuzida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar