Botsvanada noyob moviy rangda olmos qazib olindi, deya xabar berdi Mining.com nashri.
Ushbu olmos oval shaklida bo`lib, 20,46 karatni tashkil etadi.
Sof olmos “Moviy Okavango” deb nom oldi.
Moviy olmoslar o`ta kamdan-kam uchraydigan qimmatbaho tosh hisoblanadi. Hozirda moviy olmosning bir karati 150 ming dollardan 170 ming dollargacha baholanmoqda.






