Ertaga, 23 aprel Shri-Lankada teraktda qurbon bo`lganlar xotirasi uchun motam kuni, deb e`lon qilindi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Eslatib o`tamiz, kecha Shri-Lankaning poytaxti Kolombo va mamlakatning boshqa qismlarida joylashgan cherkov hamda mehmonxonalarda bir qator portlashlar sodir bo`lib, portlash oqibatida 160 ga yaqin odam halok bo`lgan, 280 nafardan ortiq kishi yaralangan edi.






