Turkiyalik oshpaz Burak O`zdemirning mahorati hamon mijozlarning hayratiga sabab bo`lmoqda, deya xabar berdi Fishki.net naashri.
Burak O`zdemir Istanbuldagi Hatay Medeniyetler Sofras restoranida bosh oshpaz bo`lib ishlaydi. U vaqti-vaqti bilan o`z mahoratini nafaqat restoranda, balki Internet tarmog`ida ham namoyish etib turadi. Bu gal bosh oshpaz o`ta yirik hajmdagi kurka go`shti orqali qanchalik chapdast ekanini ko`rsatib qo`ydi. Ba`zi Internet foydalanuvchilari bu kurka emas, balki tuyaqush go`shti ekanini ta`kidlashmoqda.






