AQShda Ota o`g`lining “ikki” bahosi uchun PlayStation 4 ni pachoqlashga majbur qildi, deb xabar qilmoqda Life.ru nashri.
Bolakayga Fortnite o`yini juda ham yoqib qoladi, buning oqibatida uning maktabdagi darslarni o`zlashtirishi susayib ketadi.
Zamonaviy gajetlar bolalarni darslardan chalg`itadigan asosiy omil deb bilgan Tre Krosbi pleysteyshnni paketga soladi.
Shundan so`ng ota va o`g`il hovliga chiqishadi. Treysi o`g`liga tayoq beradi va sevimli o`yinchog`ini pachoqlashni buyuradi. Bola ko`zida yosh bilan uni buzib tashlaydi.






