AsosiyDunyo

Odamlar layk ilinjida oziq-ovqat mahsulotlarini qadog`i bilan eyishga tushishdi (Video)

'Odamlar layk ilinjida oziq-ovqat mahsulotlarini qadog`i bilan eyishga tushishdi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari layk ilinjida ommaviy ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini qadog`i bilan eyishga tushishdi, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Ushbu o`ta xavfli fleshmob hozirda butun dunyoni qamrab oldi.

Barchasi blogerlar meva va sabzavotlarni po`stlog`i bilan paqqos tushirganidan boshlangan. Endilikda kimdir saryog`ni qadog`idan ochmasdan, yana kimdir plastikdagi mahsulotlarni, pecheneni qutisiga qo`shib eyishga tushgan.

Ushbu chellenjni ko`rgan vrachlar allaqachon ular uchun kasalxonalarda joy tayyorlashmoqda. Negaki bu fleshmob, oxir-oqibat, nafaqat oshqozon xastaligi, balki o`lim holatiga ham olib kelishi mumkin.

Boshqa yangiliklar