Ommaviy sahnalar aktyori o`zining bir soniyaga ko`rinadigan film va seriallarini namoyish etdi, deya xabar bermoqda Reddit nashri.
Ko`rgazma uchun aktyor o`zining barcha rollari sahnalarini kesib chiqdi. U hatto “Kapitan Amerika”da ham ishtirok etgan edi.
Aktyor Eduardo Zapata asosan ommaviy sahnalarda ishtirok etadi.
Aktyorni bir soniyaga o`nlab televizion shou, musiqiy va reklama videolarida, seriallarda va hatto yirik blokbasterlarda ko`rish mumkin. Zapata “Amerika dahshat hikoyalari”, “Kapitan Amerika”, “O`tkir buyumlar”da ishtirok etgan.
Shuningdek, Zapatani Apple, Volkswagen uchun ishlangan reklama roliklarida uchratish mumkin. Aktyor 2018 yilning o`zida 49 ming dollar haq olgan.






