Amerikalik erkak lotoreyadan katta miqdordagi pul mukofoti yutib oldi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
24 yoshli Manuel Franko lotoreya o`ynab, qiymati 768 million dollarga teng jekpot sohibiga aylandi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, u yutug`ini bilganidan so`ng taxminan 10 daqiqa baqirib turgan. Manuel qo`lga kiritgan pul mukofoti AQSh lotoreya tarixidagi eng yirik jekpotlardan biri sanaladi.






