Rossiyalik shifokorlar 9 yoshli bolaga bir vaqtning o`zida jigar va o`pka ko`chirib o`tkazish amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Dunyoda ilk bora o`tkazilgan bu turdagi operasiya transplantologiya ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. 16 soat davom etgan jarayon aslida fevral oyida bo`lib o`tgan edi. Ammo bu haqda bemor bolaning ahvoli yaxshilangach, xabar qilinmoqda. 9 yoshli Mixail o`pkaning kuchli shamollashi hamda jigar serrozidan azob chekkan. Hozirda u kasalxonadan uyga qaytishga tayyorgarlik ko`rmoqda.






