Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Lugansk va Donesk viloyatlaridagi aholiga rus pasportini berishnii soddalashtiruvchi farmonga imzo chekdi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Rossiya prezidenti bu hujjat insonparvarlikning bir ko`rinishi ekanini ta`kidlagan. “Shuning uchun bu boradagi barcha choralar chiroyli va oson tarzda bo`lishi lozim”, - deydi Vladimir Putin.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning so`zlariga ko`ra esa ushbu qaror “rus tajovuzining davomidir”.






