Shri-Lanka polisiyasi xodimlari mamlakatning markaziy qismida 200 ta detonator yashirilgan omborxona topishdi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Portlovchi qurilmalarning detonatorlari Nuvara-Eliya shahridan topilgan.
Shuningdek, poytaxt hududida uch kishi 21 ta granata saqlagani uchun qo`lga olingan.
Shri-Lankada xavfsizlik muhiti so`nggi haftada keskin yomonlashgan. Sakkizta portlash oqibatida qariyb 360 kishi halok bo`lgan, yana 520 kishi yaralangan. Ushbu terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni “IShID” radikal tashkiloti o`z zimmasiga olmoqda.






