Yaroslavskning “Shinnik” futbol klubi yarim himoyachisi Valeriy Sxovrebov match paytida havodagi qushni urib tushirdi, deb xabar qildi Iz.ru nashri.
Hodisa Milliy futbol ligasining “Shinnik”-“Tyumen” matchida ro`y bergan.
Sxovrebov to`pni zarb bilan tepgach, to`p to`g`ri borib qushga tegadi. Qush maydon chetiga qulaydi. Ammo biroz vaqtdan so`ng o`ziga kelib, yana uchib ketadi.
Match esa 1:0 hisobida “Shinnik” foydasiga hal bo`lgan. Yagona golni ham Sxovrebov kiritgan.






