Dunyodagi eng yirik samolyot samoga ko`tarildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Stratolaunch Systems samolyoti o`zining ilk parvozida soatiga 304 kilometr tezlik olib, besh kilometrdan balandlikka ko`tarila olgan.
Umumiy hisobda parvoz 2,5 soat davom etgan. Sinov parvozida uning barcha jihatlari tekshirib ko`rildi.
Stratolaunch Systems – koinotga yuk etkazib berish maqsadida yaratilgan yirik samolyotdir. Uning qanotlari 117 metr bo`lib, oltita dvigatelga ega.






