G`arbiy Ontario universiteti olimlari tafakkuri baland kishilarni nima birlashtirib turganini ma`lum etishdi, deya xabar berdi Vpravda.ru nashri.
500 ko`ngilli ishtirok etgan eksperimentdan so`ng olimlar aqli o`ta rivojlangan barcha odamlar juda ham qiziquvchan, degan xulosaga kelishdi.
Qiziquvchan kishi katta miqdordagi axborotga qiziqadi, buning hisobiga u o`z dunyoqarashini kengaytiradi va chuqurroq bilimlarga ega bo`ladi. Bu esa tafakkurning rivojlanishiga va IQ koeffisientining ko`tarilishiga ko`mak beradi.






