Rochester universiteti tadqiqotchilari kishidagi qanday xarakter belgilari uzoq umr ko`rishga sabab bo`lishini aniqlashdi, deb xabar berdi U-f.ru nashri.
48 yil davom etgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tarbiyali o`smirlar pala-partish yuradigan tengdoshlariga nisbatan uzoq umr ko`rishar ekan.
Tadqiqot yakunlariga ko`ra, e`tiborli, xotirjam, tarbiyali, aqli raso va ziyrak o`quvchilar ancha yoshgacha borishar ekan.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, pala-partish hayot kechirish, kir-chir yurish maktab va oliy o`quv yurtida quyi ko`rsatkichlarga, ishda kam daromad topishga va hatto nikohdan ajrashishgacha olib kelar ekan.