Ugandada dunyodagi eng ko`p farzandli ona topildi, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.
Mariam Nabatanzi o`zining 39 yoshida 38 nafar farzandni voyaga etkazmoqda.
Ayol yiliga kamida bir nafardan farzand ko`ravergan. O`zinig ilk farzandini esa 13 yoshida dunyoga keltirgan. Qolaversa, u besh marta egizaklarni, to`rt marta uchtali egizak va besh marta to`rttali egizaklarni tuqqan.
Butun boshli oila qahva plantasiyasi yonidagi qishloqda yashashadi. Bundan uch yil avval ularni otalari tashlab ketgan, endilikda Mariamning bir o`zi farzandlarini oyoqqa turg`izmoqda.