Irlandiyalik hujumchi Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez golni urdi, deya ma`lum qildi Layf nashri.
“Sautgempton” futbol klubi hujumchisi Sheyn Long Angliya chempionatining 31-turida “Uotford”ga qarshi kechgan matchning ettinchi soniyasida raqib darvozasini ishg`ol qildi.
Ushbu gol Angliya Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez gol bo`ldi. Bundan oldingi rekord esa “Bredford”ga “Tottenxem” futbolchisi Ledli King tomonidan matchning to`qqizinchi soniyasida kiritilgan gol hisoblangan.






