Xorvatiyada bir ko`ppakning burniga o`n santimetrli tayoq kirib ketdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail nashri.
Tor laqabli Belgiya ovcharkasi sayr paytida yiqilib tushadi. Xo`jayini bunga ko`p ham e`tibor qilmaydi. Ammo oradan bir necha kun o`tib, it aksa urib, burnidan qon oqa boshlaydi.
Veterinar Torning burnini yaxshilab ko`zdan kechirdi va burun katagida yot jism borligini aniqladi. Tayoqni olish uchun maxsus uskuna zarur bo`ldi.






