Biologlar ilk umrboqiy mavjudotni aniqlashdi, deya xabar bermoqda Hi-Tech News nashri.
O`lmaydigan mavjudot maqomi fan tilida Turritopsis nutricula meduzaga tegishli bo`lib, uning kattaligi bor-yo`g`i 3-5 santimetrdir. Ushbu meduza turi o`zini yoshartirish xususiyatiga ega. Uning organizmi katta yoshli holatga kelgach, dengiz tubiga cho`kadi va xitin qobig`iga o`raladi. So`ngra u o`simtaga aylanadi.
Xitin qobig`i ostida meduzaning barcha hujayralari butunlay yangilanadi va u rivojlanishining dastlabki holatiga qaytadi. Keyin esa meduza qobiqni yorib chiqib, to keksaymaguncha yashashda davom eatdi. Shundan so`ng jarayon yana takrorlanadi. Ushbu yosharish jarayoni sanoqsiz martalab qaytarilishi mumkin.
Hozirda olimlar ushbu fenomenni o`rganishmoqda.