NVO telekompaniyasi “Taxt o`yinlari”ning sakkizinchi mavsumining to`rtinchi epizodi bo`lmish “Jangdan so`ng”ning tizerini e`lon qildi, deb xabar berdi Kinopoisk.ru nashri.
To`rtinchi epizodning taxminiy syujeti quyidagicha:
Vinterfell uchun kechgan jang tugadi, ammo Vesteros uchun urush davom etadi. Endi navbat Po`lat taxtga. Yovuz niyatli Serseya Qirollik gavaniga allaqachon joylashib oldi. Ammo shimoldan Deyenerisning lashkarlari asta-sekin u tomon olg`a qadam bosishmoqda.
“Taxt o`yinlari” tobora o`z yakuniga etib bormoqda. Butun dunyoda serial muxlislari “Muz va olov qo`shig`i” asari asosida suratga olingan ushbu fentezining yakuniy qismlarini intiqlik bilan kutishmoqda.
Serialni har kuni millionlab muxlislar Internet tarmog`i orqali tomosha qilishlari ta`kidlanmoqda.






