Amerikalik teleboshlovchi va komik Konan O'Brayen aralash usullar bo`yicha jangchi Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Ma`lumki, O'Brayen UFC aksioneri hisoblanadi. Ushbu jangga u o`zining barcha ulushini qo`ygan.
“Konan, chaqirig`ing qabul qilindi! Men seni bir kechaning o`zidayoq er tishlataman”, deb yozadi Makgregor o`zining Tvitter sahifasida.
Makgregor tashkilotdan ulush olish maqsadida hatto MMAdan ketishini ham e`lon qilgan edi. Ammo keyinroq Konor yana sportga qaytdi.






