Xokaydo orolida MOMO xususiy raketasi muvaffaqiyatli ravishda havoga chiqarildi, deya xabar qildi Ren.tv nashri.
Raketa uchinchi urinishda fazoga olib chiqilgan. Yapon raketasi 100 km ochiq kosmosga ko`tarilgan va keyin okean sayhonliklariga qulagan.
MOMO raketasining vazni 1 tonnaga yaqin, diametri 50 sm. Ushbu ishlanma uncha og`ir bo`lmagan sun`iy yo`ldoshlarni orbitaga olib chiqishga mo`ljallangan bo`lib, unga taxminan 50 mln iena sarflangan.






