Superjosus haqidagi yangi filmning suratga olish jarayonlari allaqachon boshlanib ketdi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Bu safar fotosuratchilar ob`ektiviga yana bir bor Jeyms Bondni ekranda jonlantirayotgan Deniel Kreygning avtomobili tushib qoldi. Yangi filmda Bond glamurlikdan ko`ra, nostalgiyani tanlagani ko`rinib turibdi.
Bu gal Bond piyoda yurmaslik uchun Land Rover Series III ni tanlagan.
25-kinolenta Jeyms Bond Yamaykada ta`tildan huzurlanayotganidan boshlanadi. Ammo bu uzoqqa cho`zilmaydi. Bond yana-tag`in qirolicha hukumati va dunyoni qutqarishi lozim.
Yangi film premerasi 2020 yilga mo`ljallangan.






