Buyuk Xitoy devori sayyohlar eng ko`p keladigan joylardan biri hisoblanadi. Hattoki, hayratlanarli darajada desa ham bo`ladi. Koinotning yangi mo``jizasi haqida turli mish-mishlar bor. Ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
1. Buyuk Xitoy devori o`zi nima?
“Buyuk Xitoy devori” tushunchasining o`zidayoq turli tushunmovchiliklar paydo bo`ladi. Zamonaviy Xitoy uchun bu turli Xitoy imperiyalari tomonidan mamlakatni bosqinchilardan himoya qilish uchun qurilgan devordir. Muammo shundaki, imperiyalar juda ko`p va turli xilda bo`lishgan. Ular turli vaqtlarda qurilish ishlarini olib borishgan va materiallarni har xil joydan olib kelishgan. Kimdir Gobi cho`lidan olib kelgan bo`lsa, yana biri Pekindan bir necha kilometr uzoqlikdan keltirgan. Devorning katta qismi tuproqdan bunyod etilgan bo`lib, eng muhim joylardagina toshdan qal`alar qurilgan. Aslini olib qaraganda bu devorning u bilan deyarli bir vaqtda qurilgan Rossiya janubidagi Ilon devori yoki Rim imperiyasidagi devordan farqi yo`q.
2. Bittu uzun devormi?
Devor haqidagi eng ko`p tarqalgan anglashilmovchilik uning uzilmas uzunlikda ekanligidir. Aslida Xitoy devori bir necha bo`laklardan tashkil topgan bo`lib, ular mo`g`ul bosqinchilaridan himoyalanish uchun qurilgan. Devorning ba`zi nuqtalarida kuzatish minoralari bo`lgan. Faqatgina poytaxt Pekingina shunday, ya`ni devor uzilmasdan o`ralgan.
3. Devorni qachon qurishgan?
Himoya devorlari haqida eramizdan avvalgi 476-221 yillardagi ma`lumotlarda ham keltirilgan. Devor nafaqat ko`chmanchilardan himoyalanish uchun, balki qo`shni davlatlardan ham himoyalanish uchun qurilgan. Qurilish ishlarining eng qizg`in davri XVI asrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi.
4. Devorning uzunligi qancha?
Devorning rasmiy uzunligi 10 000 mil. Qadimgi Xitoyda 10 000 tuganmas va cheki yo`q uzunlik hisoblanganligini ham unutmaslik kerak. Min imperiyasi davrida 8 850 km bunyod etilgan. Agar hammasini hisoblab chiqadigan bo`lsak, 20 kilometrdan uzunroq chiqadi.
5. Devorni qurishda qancha odam halok bo`lgan?
Aytishlaricha, Xitoy devorini qurish davrida halok bo`lganlarning hammasi shu erga dafn etilgan ekan. Chunki bu erda ishlash sharoiti juda og`ir va qiyin bo`lgan. Shu sababli ham minglab, balki undan ham ko`proq odamlar halok bo`lishgan. Min imperiyasi davrida devorni askarlar va oddiy ustalar qurishgan.
6. Xitoy devori nimaning timsoli?
Evropaliklar uchun devor shunchaki himoya devori hisoblanadi.
7. Devor rostdanam yaxshi himoya bo`lganmi?
Albatta, yo`q. Bir tomondan uni qurish uchun juda ko`p vaqt va kuch sarflangan. Devorda kuzatuv minoralari bo`lgan. Min imperatorlari esa bir necha ijrochilarni ishni o`z vaqtida tugatishmaganligi va “byudjet”ni o`zlashtira olishmagani uchun qatl etishgan.