Kiev markazida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ukraina poytaxtidagi biznes-markazda portlash, so`ngra yong`in sodir bo`lgan.
Xabar qilinishicha, ikki noma`lum erkak biznes-markazga kiraverishdagi yo`lakka allaqanday predmetlarni irg`itishgan. Shundan so`ng portlash kelib chiqqan.
Yong`inni esa o`t o`chiruvchilar kelguncha bartaraf etishga muvaffaq bo`lishgan.
Voqea joyida polisiya ish olib bormoqda.






