Torontolik bir erkak mushugini qutqarish uchun ko`p qavatli uy panjarasidan qo`rqmay yurib o`tdi, deb xabar qildi Daily Mailnashri.
Uning mushugi boshqa kvartiraning balkoniga tushib qoladi. Mushuk egasi esa sira o`ylab o`tirmay, darhol o`zining balkonidan oshib o`tib, panjara orqali mushugi tomon yurib boradi.
Avvaliga erkak qo`shnilarining eshigini taqillatib ko`radi, ammo ular uyda bo`lmaydi.
Erkak jonivorini darhol qo`liga olib, o`z uyi tomon shoshadi.






