“Taxt o`yinlari” serialining yangi mavsumi teletomoshabinlarni xursand qilayotgan bo`lsa-da, ashaddiy muxlislar serial ijodkorlarining ba`zi xatolarini topishmoqda, deya xabar berdi Bigpicture.ru nashri.
1. Serial 8-mavsumining 4 epizodidagi 17:39 daqiqasida Vinterfell uchun kechgan jangdan so`nggi bazm sahnasida Deyeneris oldida butun dunyoga mashhur “Starbaks” kompaniyasiga tegishli qog`oz stakandagi qahvani ko`rish mumkin.
2. 7-mavsumdagi epizodlardan birida orqa planda oq pikapni ko`rish mumkin. Ammo bu xato o`z tasdig`ini topmadi. Negaki ushbu kadr serial haqidagi hujjatli filmdan olingan ekan.
3. 7-mavsumning so`ngida ajdaholardan biri Tun Qirolining muz nayzasidan halok bo`lib, suv ostiga tushib ketadi. Ammo uni tortib chiqayotgan oq piyodalar kattakon zanjirlarni qayoqdan oldi ekan?
Ushbu xato-kamchiliklarga qaramay, “Taxt o`yinlari” hozirgi kunda dunyoda eng sevib tomosha qilinayotgan serial hisoblanmoqda.