Xitoyning Fushun shahrida kran boshqaruvchisi 14 kishining hayotini saqlab qoldi, deb xabar qilmoqda South China Morning Post nashri.
Qurilish ketayotgan ob`ekt yonida yong`in sodir bo`ladi. Olov binoning birinchi va ikkinchi qavatini qurshab oladi. Shunda 19 yoshli quruvchi Lan Szyunsze qurilish kranini haydab kelib, yarim soat davomida olov ichidagi kishilarni krani yordamida xavfsiz erga tushiradi.
Uning qahramonligi shundaki, Lan portlash tovushlarini eshitganiga qaramay, jabrdiydalarni qutqarishda davom etavergan.






