AsosiyDunyo

97 yoshli qariya hayot mazmunini mehnatdan topdi

'97 yoshli qariya hayot mazmunini mehnatdan topdi 'ning rasmi

97 yoshli amerikalik o`z ishini tashlamaslikka qaror qildi, deya ma`lum qilmoqda CBS News axborot portali.

97 yoshli Benni Fiseto supermarketda xarid qilingan mahsulot va buyumlarni paketga joylashda xaridorlarga ko`mak beradi.

U bir haftada ikki marta to`rt soatlik ish smenasiga chiqadi. Shu bois ish vaqtida sira dam olmaydi.

Benni 1980-yillarda nafaqaga chiqqaniga qaramay, mehnat qilishdan to`xtagani yo`q.

“Men o`zimni jamiyatga foydasi tegayotgandek his etyapman. Shunchaki ahmoqqa o`xshab yashab bo`lmaydi. Inson nima bo`lgan taqdirda ham mehnatdan to`xtamasligi zarur”, deydi Fiseto.

O`zining ilk ishini Benni etti yoshida topadi: u o`tkinchilarning poyabzalini moylab berardi. Keyinchalik turli kasblarda faoliyat olib boradi. Urush yillarida esa Afrika va Italiyada xizmat qiladi. Shunday ekan, yigit kishiga etmish hunar ham oz.

    Boshqa yangiliklar